Hankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlik davom etmoqda

Hankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlik davom etmoqda

    Hankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlik davom etmoqda

    Hankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlik davom etmoqda

    Hankuk chet tillari universiteti (Koreya Respublikasi)  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yaqin hamkorlaridan biridir. Markaziy Osiyo kafedrasida uzoq yillardan beri o‘zbek tili o‘qitib kelinmoqda. Bir necha yillardan beri koreyalik talabalar almashinuv dasturlari doirasida JIDUda ta’lim olib, xususan, o‘zbek va rus tillarini o‘rganmoqdalar.

    O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldаgi “Jаhon iqtisodiyoti vа diplomаtiya universiteti fаoliyatini tizimli isloh qilish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-330-son qаrorida belgilangan vazifalar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Hankuk chet tillari universiteti bilan 2017-yilda tuzilgan ikki tomonlama shartnomada qayd etilgan hamkorlik doirasida Hankuk universiteti taklifi bilan JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri M.D.Abduraxmanova hamkor universitetda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

    Jumladan, HUFS Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti talabalari va professor-o‘qituvchilariga “O‘zbekistonda yumshoq kuch strategiyasining asosiy yo‘nalishlari: til siyosati va o‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Shuningdek, hozirgi kundagi til siyosati, yumshoq kuch va sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni masalalari bo‘yicha ham fikr almashinildi.

    Shu kunlarda M.Abduraxmanova ushbu universitetning Markaziy Osiyo kafedrasida o‘zbek tili  mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.  “O‘zbek tilida sabab ma’nosining ifodalanishi”, “O‘zbek tilida istak-xohish ma’nosini ifodalash yo‘llari”, “Buyruq ma’nosi qanday ifodalanadi” mavzusidagi mashg‘ulotlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Talabalarning O‘zbekistonga qiziqishi katta, xususan, JIDUda almashinuv dasturi asosida ta’lim olish istaklari kuchliligi quvonarli holdir.