
Ruhiy salomatlik - baxtli hayot sari shiori ostida psixologik trening
Ruhiy salomatlik - baxtli hayot sari shiori ostida psixologik trening

Joriy yilning 14-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ruhiy salomatlik” haftaligi doirasida “Erta nikoh oqibatlari, psixologik ahamiyati” va “Baxtli hayot sari” mavzularida davra suhbati va psixologik seminar- trening tashkil etildi.
Davra suhbatini JIDU Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U yurtimizda oila institutini mustahkamlash, nufuzini oshirish, huquqiy asoslarini takomillashtirish, erta nikohning oldini olish va sog‘lom farzandni dunyoga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayapgani va erta turmush qurishning oqibatlari haqida gapirdi. O‘z nutqida Sh.Shakirova talaba yigit va qizlarni oila qurishda nimalarga ko‘proq ahamiyat berish kerakligi haqida, shuningdek, yurtimizda nikoh munosabatlarini mustahkamlash, oilaviy hayotda ro‘y beradigan salbiy hodisalarning oldini olish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad sog‘lom va mustahkam oila barpo etishdir, - deya ta’kidladi.
Tashkil etilgan psixologik seminar-trengda JIDU psixologi N. Norova tomonidan ruhiy salomatlik insonning yuqori darajadagi ruhiy va jismoniy holatining pozitiv faolligida namayon bo'ladi, ya'niy- kayfiyatni yaxshiligi, xursand his tuyg'ularning ko'rinishi, inson hayot tarzining sog’lomligiga bo'gliqligi haqida ma’lumot va tavsiyalar berib o’tildi.
Erta nikohning psixologik oqibatlar yuzasidan psixolog talabalarga ma’lumtlar berdi, talabalar ham mavzuga oid o’z fikir mulohazalarini bildirib faol ishtirik etishdi.
Psixologik seminar trening jarayonida talabalar psixologik jarayonlarni rivojlantiruvchi mashg’ulotlar va baxtni his qil texnikalar bajarish orqali psixodiagnostik holatlar tahlil qildi. Tavsiyalar berib o’tildi. Moevatsion mashg’ulotlar talabalar faolligi va kayfiyatini oshirdi.
Seminar treningda talabalar erta nikohning salbiy oqibatlari, ruhi tayorligi va oila ma’suliyati yzasidan ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Bu tadbirdan talabalar o‘zlariga kerakli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.