JIDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning badiiy savodxonligi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar hamda talabalar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Mehri Abdurahmonova, Shodi Otamurod va Asror Mo‘minov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan adabiyot, ijod, kitobxonlik va ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rni xususida suhbatlashdilar.

    Muloqot davomida badiiy adabiyotning yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, ularning tafakkuri va nutq madaniyatini rivojlantirish, ezgu qadriyatlar hamda milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ijodkorlar o‘zlarining hayotiy va ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, muntazam o‘qish va o‘qilgan asarlar ustida fikr yuritish yuzasidan tavsiyalar berdilar.

    Samimiy va mazmunli muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish, adiblar bilan fikr almashish hamda ijodkorlarning qarashlari va tajribalaridan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularni yurt taqdiriga daxldor, faol va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.