JIDUda Qochqinlar masalalari bo'yicha Oliy Komissarligi Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Qochqinlar masalalari bo'yicha Oliy Komissarligi Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda BMTning Markaziy Osiyodagi Oliy Komissarlik kengashi vakili v.b Dumitr Lipkan, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Hanifa Karimi, himoya masalalari bo‘yicha mutaxassis Baljan Oshakbayeva ishtirok etdi.
JIDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotgan quyida keltirilgan dolzarb masala muhokama qilindi.
Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri qochqinlar masalalari boʻyicha maxsus kurs yaratish boʻldi. Talabalarni o‘quv dasturlari va kurslarni ishlab chiqish jarayoniga jalb etish, ularga o‘ziga xos tajriba orttirishi va ushbu muhim sohaga munosib hissa qo‘shish imkonini berishi ta’kidlandi.
Shuningdek, mahalliy sharoitlar va qonunchilikka moslashtirilgan qochqinlar bo‘yicha xalqaro huquq kursini joriy etish tashabbusi ham bildirildi.
Uchrashuv doirasida BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi vakillari tomonidan talabalar o‘rtasida ushbu mavzu bo‘yicha viktorina o‘tkazilib, eng faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.