
“Lobbichilik simulyatsiyasi: o‘zgarishlar uchun tashabbus” fanlararo talabalar tanlovi muvaffaqiyatli tashkil etildi
“Lobbichilik simulyatsiyasi: o‘zgarishlar uchun tashabbus” fanlararo talabalar tanlovi muvaffaqiyatli tashkil etildi

Ingliz tili kafedrasi (XIM bo‘limi) tomonidan ESP va huquq fanlari integratsiyasi asosida “Lobbichilik simulyatsiyasi: o‘zgarishlar uchun tashabbus” nomli fanlararo talabalar tanlovi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining 5-,7- va 8-moddalari hamda “Besh muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalari, fanlararo fikrlash, ishontirish va argumentatsiya, tahliliy fikrlash hamda jamoada ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda talabalar mustaqil loyiha ishlari asosida lobbying strategiyalarini ishlab chiqib, auditoriyada simulyatsiyalarni namoyish etdilar. Yakuniy bosqichda saralangan jamoalar tahrirlangan video chiqishlari va hisobotlarini taqdim etdilar hamda ishlar kafedra hay’ati tomonidan baholandi.Tanlov davomida talabalar o‘zlarining ijodkorligi, tanqidiy fikrlashi, kasbiy kommunikativ ko‘nikmalari hamda real ijtimoiy muammolarni huquqiy va strategik yondashuv asosida tahlil qilish qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Tanlov g’oliblari:
1 o‘rin – “Fair Life Standards Movement” (Javohir Jo’raboyev, Madina Suyutbekova,Madina Jumayeva, Izzatbek Abdulhamidov ,Azizxoʻja Sunnatov).Rasmiy minimal yashash xarajatlari miqdorini oshirish tashabbusi hamda uni hozirgi iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish.
2 o‘rin – “Academic Efficiency Initiative” (Mardonova Iroda, Saidmamurov Saidxorunxon, G’aybullayeva Feruza,Nabiyev Sarvarbek). Bir xil fanlarni o‘qituvchi pedagoglar tomonidan yagona standartlashtirilgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish tizimini joriy etish tashabbusi.
2 o‘rin –“Digital Trust Alliance”(Jumayeva Shaxlo, Gulchehra Jamilova, Asatova Laziza, G‘ayratov Akbar). “Cyber-Shield” siyosati: onlayn firibgarlik natijasidagi moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olishga qaratilgan O‘zbekistonning raqamli moliyaviy xavfsizlik tashabbusi.
3 o‘rin – “VoiceUp” (Adxamov Muxammadaziz, Salihjanova Sitorabonu, Sherzod Raxmatov, Baxtiyorov Asadullo, Madaminova Gulzodaxon). Hayvonlar huquqlari va ularga nisbatan shafqatsizlikka qarshi qonunlar: hayvonlarni himoya qilish va qonun ijrosini kuchaytirish tashabbusi.
Barcha g‘oliblar tanlovdagi faol ishtiroki va yuqori natijalari uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar.Mazkur loyiha talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan fanlararo hamkorlik va simulyatsiyaga asoslangan innovatsion ta’lim modeli sifatida xizmat qildi.



