JIDU TTJda talabalarga bag‘ishlangan davra suhbati va seminar-trening bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 29-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun davra suhbati va seminar-trening tashkil etildi.

    Tadbir “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari Sh. Shakirova, universitet psixologi N. Norova, shuningdek, 2-bosqich talabalari B. Aleksandrov va X. Maxmudova hamkorligida o‘tkazildi.

    Markaz rahbari Sh. Shakirova suhbat davomida gender tenglik tushunchasining mohiyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oiladagi o‘rni, hamda farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.

    Universitet psixologi N. Norova esa oilaviy munosabatlarning mustahkamligi o‘zaro hurmat, tushunish va ruhiy qo‘llab-quvvatlashga bog‘liqligini ta’kidladi.

    Tadbir davomida jamiyat barqarorligi oiladan boshlanishi, sog‘lom ruhiy muhit esa har bir oilaning mustahkamligi uchun muhim omil ekani qayd etildi.

    Shuningdek, talabalar B. Aleksandrov, S.Umarova va X.Maxmudovalar tomonidan mavzuga oid so‘rovnoma o‘tkazilib, talabalar o‘z fikrlarini bildirdilar.