YeTTBning O‘zbekistondagi direktori JIDUda “The Main Challenges for Transitional Economies”  mavzusida ma’ruza o‘tkazdi

    2025-yil 1-noyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari Andi Aranitasi “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” kursi doirasida ma’ruza o‘tkazdi.

    “The Main Challenges for Transitional Economies” mavzusidagi ma’ruza markazlashtirilgan tizimdan bozor tizimiga o‘tayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy o‘zgarishlarning muhim jihatlariga bag‘ishlandi.

    Janob Aranitasi o‘z nutqida YeTTBning O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdagi roli haqida so‘zlab, erkinlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlashtirish, institutsional rivojlanish va davlat boshqaruvi islohotlarining ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, u o‘tish davrining hozirgi bosqichi nafaqat bozor mexanizmlarini rivojlantirishni, balki samarali davlat institutlarining rolini kuchaytirishni ham talab etishini qayd etdi.

    Ustuvor yo‘nalishlar qatorida barqaror rivojlanish, raqamlashtirish, inklyuzivlik va iqlim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mavjud.

    Ma’ruza talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, jahon iqtisodiyotining zamonaviy tendensiyalari va O‘zbekistonning mintaqaviy jarayonlardagi o‘rnini muhokama qilish maydoniga aylandi.