Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 22-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yaponiya oliy ta’lim tizimiga bag‘ishlangan Metodologik kengashning ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yaponiya ta’lim tizimining noyob tajribasi va ilg‘or amaliyotlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.

    Asosiy ma’ruzachi sifatida Yaponiyaning Tsukuba Universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti Professori, Universitet miqyosidagi Yosh tadqiqotchilar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi (TRiSTAR kotibiyati) boshqaruv qo‘mitasi a’zosi Dadabayev Timur Yunusovich ishtirok etdi.

    Uning ma’ruzasi va taqdimoti mavzusi “Boshqaruv avtonomiya va professor-o‘qituvchilarni  baholash. Tsukuba Universiteti muvaffaqiyatli tajribasi orqali universitet boshqaruvini transformatsiya qilish” edi.

    Ma’ruza doirasida professor T.Dadabayev bir qator muhim jihatlarni yoritib berdi, jumladan:

    • Yaponiyada milliy universitet modelining o‘ziga xos xususiyatlari;

    • Boshqaruv tamoyillari va ma’muriy "mukammallik"ka erishish yo‘llari;

    • Professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy tizimi;

    • Strategik saboqlar va O‘zbekiston universitetlari uchun Yaponiya tajribasini moslashtirish imkoniyatlari.

    Auditoriyada akademik mustaqillik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish tizimi bilan bog‘liq masalalar alohida qiziqish uyg‘otdi.

    Seminarning yakuniy qismida faol savol-javob sessiyasi o‘tkazildi. Unda tadbir ishtirokchilari - JIDU o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va metodistlari ma’ruzachi bilan fikr almashdilar hamda ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha batafsil izohlar oldilar.