
“Huquqiy ong va ruhiy barqarorlik — yoshlar xavfsizligining kafolati” oyligi doirasida seminar-trening o‘tkazildi
“Huquqiy ong va ruhiy barqarorlik — yoshlar xavfsizligining kafolati” oyligi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 22-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Huquqiy ong va ruhiy barqarorlik — yoshlar xavfsizligining kafolati” oyligi doirasida Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 1-kurs talabalari uchun “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni psixologik va huquqiy jihatdan oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir universitet profilaktika inspektori Sh. Boymatov, universitet psixologi N. Norova, Yoshlar ishlari bo‘yicha ofis bosh mutaxassisi A. Raxmatullayev hamda fakultetning 1-kurs tyutori J. Jumanov boshchiligida o‘tkazildi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, psixologik barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy faollikni kuchaytirish hamda sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Seminar-trening davomida mutaxassislar talabalarga jinoyatchilik va huquqbuzarlikning ijtimoiy-psixologik sabablari, ularning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, shuningdek, yoshlarning ongida huquqiy mas’uliyatni shakllantirishning samarali yo‘llari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Universitet psixologi N. Norova o‘z chiqishida talabalarning ruhiy holatini barqaror saqlash, stress, depressiya va ijtimoiy bosim kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. U, shuningdek, talabalarning o‘zaro muloqot madaniyatini rivojlantirish va sog‘lom psixologik muhitni saqlash zarurligini ta’kidladi.
Profilaktika inspektori Sh. Boymatov jinoyatchilik va huquqbuzarlikning huquqiy oqibatlari haqida batafsil to‘xtalib, yoshlarni qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, har bir xatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlikni his etish ruhida tarbiyalash zarurligini alohida qayd etdi.
Yoshlar ishlari bo‘yicha ofis bosh mutaxassisi A. Raxmatullayev esa o‘z chiqishida bugungi kunda yoshlar orasida huquqbuzarlikning oldini olishda ta’lim muassasalari, ota-onalar va jamiyatning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy va psixologik masalalar bo‘yicha mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Ishtirokchilarning faol savol-javoblari seminar-treningning samaradorligini yanada oshirdi.
Shu tariqa, o‘tkazilgan “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni psixologik va huquqiy jihatdan oldini olish” mavzusidagi seminar-trening nafaqat huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, balki talabalar ongida huquqiy mas’uliyat, vatanparvarlik, bag‘rikenglik va ruhiy barqarorlikni shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tadbir yoshlar uchun nafaqat nazariy bilim, balki hayotiy tajriba maktabiga aylandi.
| Sana: | 23.10.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 114 |
| Ulashish: |




