
Harbiy-siyosiy diplomatiya fanidan “brainstorming” simulyatsiya mashg‘uloti o‘tkazildi
Harbiy-siyosiy diplomatiya fanidan “brainstorming” simulyatsiya mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 9-aprel kuni Siyosatshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi X.B. Maratova ishtirokida ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida JIDU 2-kurs talabalari uchun “Harbiy-siyosiy diplomatiya” fani doirasida amaliy simulyatsiya mashg‘uloti “Brainstorming” (fikrlar hujumi) usulida tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar harbiy-siyosiy diplomatiyaning dolzarb masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini erkin bayon etdilar. Xususan, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida diplomatiyaning o‘rni, harbiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari hamda global xavfsizlikka tahdid solayotgan omillar muhokama markazida bo‘ldi.
“Brainstorming” usuli talabalarning mustaqil fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoada ishlash yumshoq ko‘nikmalarini (Soft Skills) rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulot jarayonida ilgari surilgan g‘oyalar tahlil qilinib, eng maqbul takliflar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, ushbu interfaol simulyatsiya yondashuvi talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.
| Sana: | 09.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 58 |
| Ulashish: |



