JIDUda Berlin erkin universiteti bilan hamkorlikdagi GURES dasturi doirasida seminar o‘tkazildi

JIDUda Berlin erkin universiteti bilan hamkorlikdagi GURES dasturi doirasida seminar o‘tkazildi

    JIDUda Berlin erkin universiteti bilan hamkorlikdagi GURES dasturi doirasida seminar o‘tkazildi

    JIDUda Berlin erkin universiteti bilan hamkorlikdagi GURES dasturi doirasida seminar o‘tkazildi

    2025-yilning 12–19-oktabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) va Berlin erkin universiteti (Freie Universität Berlin, Germaniya) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan GURES (“German-Uzbek Relations: Energy & Sustainability”) dasturi doirasida JIDU talabalari uchun bir haftalik seminar tashkil etildi.

     Ushbu dastur O‘zbekiston va Yevropa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, talabalarning energetika va barqaror rivojlanish sohasidagi bilimlarini hamda nemis tili bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

    Seminarni mutaxassis Artem Lomakin olib bordi. U talabalarga “Xalqaro va Yevropa energetika siyosati” mavzusida nemis tilida intensiv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Darslar davomida talabalar Yevropa energetika bozorining zamonaviy tendensiyalari, yashil energetika siyosati, global energetika xavfsizligi hamda xalqaro hamkorlikning o‘rni haqida chuqur bilimga ega bo‘lishdi.

    Shuningdek, tashrif doirasida JIDU talabalari uchun “Energetika geosiyosati va Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik” mavzusida ochiq ma’ruza ham tashkil etildi. Ma’ruzada energetika siyosatining strategik yo‘nalishlari, mintaqaviy integratsiya jarayonlari hamda energetika diplomatiyasining dolzarb masalalari yoritib berildi.

    Maruza yakunida JIDU talabalari ma’ruzachi bilan faol muloqot olib borishdi. Ular Yevropa energetika siyosatining dolzarb masalalari, yashil energetika yo‘nalishlari hamda global energetika xavfsizligining o‘zaro bog‘liqligi haqida savollar berishdi. Ma’ruzachi barcha savollarga batafsil va tushunarli tarzda javob berib, talabalarga ushbu yo‘nalishda chuqur bilim, tahliliy fikrlash va til ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhimligini ta’kidladi.