JIDU talabalari Vengriyada stipendiya olish imkoniyatlari bilan tanishdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro huquq fakulteti Vengriya hukumatining “Stipendium Hungaricum” dasturi bo‘yicha stipendiyaga ariza topshirish jarayoniga bag‘ishlangan mahorat darsini o‘tkazdi. Tadbir gibrid formatda (onlayn va oflayn) tashkil etildi.

    Mahorat darsini Fuqarolik va xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Alisher Bobonazarov olib bordi. Mashg‘ulotning maqsadi talabalarga nufuzli xorijiy universitetlarga kirish tartibi va grant olish uchun arizalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish qoidalari haqida ma’lumot berishdan iborat edi.

    Tadbirda bitiruv kursi talabalari ishtirok etdi. Taklif etilgan ma’ruzachi sifatida Seged universiteti (Vengriya) vakili, PhD darajasiga ega bo‘lgan Rashida Rukiaui qatnashdi.