
“Oila-Mahalla-Ta’lim muassasasi” hamkorligi
“Oila-Mahalla-Ta’lim muassasasi” hamkorligi

Bugungi kunda ta’lim jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ularning samarali aloqalari yosh avlodning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida, sog‘lom jamiyat barpo etilishida katta ahamiyatga ega.
Joriy yilning 10-oktabr sanasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-kurslar tyutori hamda “Yangi olmachi” mahallasida yashovchi talabalar va ularning ota-onalari ishtirokida suhbat tashkil etildi. Shuningdek, “Yangi olmachi” MFY bilan hamkorlikda joriy yil tahlili:
· Oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalar: ota-onalar yig‘ilishlari, onlayn monitoring, talabalar yutuqlariga ota-onalarning e’tiborini kuchaytirish;
· Mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi: mahalla kengashining ta’lim jarayoniga aralashuvi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
· Mavjud muammolar: axborot almashinuvi yetarli emasligi, ota-onalar va talabalar faolligining pastligi;
Hamkorlik tizimini kuchaytirish bo‘yicha takliflar:
· Muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish;
· Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan oʻzaro munosabatlarini mustahkamlashga koʻmaklashish;
· Taʼlim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalarga maʼlumot berib borish;
· Mahalla oqsoqoli, tyutor va talaba oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish, mahalla fuqarolar yigʻinlari, uchastka-profilaktika nozirlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
“Oila-Mahalla-Ta’lim muassasalari” o‘rtasidagi hamkorlik tizimini yanada kuchaytirish yoshlarni tarbiyalash va jamiyatni mustahkamlash yo‘lida muhim omildir. Taklif qilingan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda doimiy monitoring o‘rnatishga kelishildi.