JIDU va Tokio universiteti hamkorligidagi UWED–UTokyo GAS “Central Eurasia Initiative” doirasida ilk seminar bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 12-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Tokio universiteti qoshidagi Osiyo ilg‘or tadqiqotlar instituti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan UWED–UTokyo GAS “Central Eurasia Initiative” doirasida ilk ilmiy seminar tashkil etildi.

    Onlayn formatda o‘tkazilgan seminar “Contextualizing Central Asian Migration to East Asia: Analysis of Central Asian Migration to South Korea” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan Janubiy Koreya va Sharqiy Osiyoga yo‘naltirilgan migratsiya jarayonlari, mehnat va ta’lim migratsiyasi, yoshlar mobiliteti, gender jihatlari hamda migrantlarning qabul qiluvchi jamiyatlarga moslashuvi masalalari muhokama qilindi.

    Seminarni Tokio universiteti professori Shigeto Sonoda hamda JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Timur Dadabayev ochib berdi. Ular UWED–UTokyo GAS “Central Eurasia Initiative” tashabbusining asosiy maqsadlari, ilmiy ahamiyati va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

    Tadbir davomida professor T.Dadabayev MarkaziyOsiyo migrantlarining intilishlari, ta’lim va mehnato‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik hamda migratsiyaboshqaruvi masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.

    Mazkur seminar UWED–UTokyo GAS “Central Eurasia Initiative” tashabbusining ilk akademik tadbiri sifatida Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va siyosiy-muloqotga asoslangan hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

    Tashabbus doirasida kelgusida qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy seminarlar, ta’lim almashinuvlari, nashrlar va xalqaro ekspertlar muloqotini rivojlantirish rejalashtirilgan.