JIDU Mentorlik dasturi asosida “Lider qizlar klubi”ning tanishtiruv soati bo‘lib o‘tdi

JIDU Mentorlik dasturi asosida “Lider qizlar klubi”ning tanishtiruv soati bo‘lib o‘tdi

    JIDU Mentorlik dasturi asosida “Lider qizlar klubi”ning tanishtiruv soati bo‘lib o‘tdi

    JIDU Mentorlik dasturi asosida “Lider qizlar klubi”ning tanishtiruv soati bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Mentorlik dasturi va uning amalga oshirishga doir  tasdiqlangan Rejaga  asoslanib Xotin-qizlar maslahat kengashi doirasida tashkil etilgan “Lider qizlar klubi” o‘z faoliyatini boshladi. Klubning asosiy maqsadi – iqtidorli va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda liderlik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

    Tanishtiruv soati Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar klub faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar hamda yosh qizlarning rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishdilar.

    Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi professor E.Sultonova o‘z nutqida shunday ta’kidladi:

    — “Bugungi tashabbus — yosh qizlarimizning bilim, salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bizning asosiy maqsadimiz — kelajakda jamiyatda faol, bilimli va mas’uliyatli ayollar safini kengaytirishdir.”

    Tadbirda shuningdek universitet professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etib, “Lider qizlar klubi” yoshlarning ijodiy, ilmiy va tashkiliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim maydon bo‘lishini ta’kidladilar.

    Mazkur tashabbus yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning intellektual va ijtimoiy faolligini oshirish, ularda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik hamda liderlik qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.