
JIDU o‘qituvchilarining mahalla jamoatchiligi bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvi
JIDU o‘qituvchilarining mahalla jamoatchiligi bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakulteti o‘qituvchilari tomonidan JIDUga biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, ularning amaliy natijalari va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor tamoyillari, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, inson qadri va manfaatlari ustuvorligi, yoshlar siyosati, adolat va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Mahalla fuqarolar yeg’ini tomonidan islohotlarning kundalik hayotga ta’siri, yangi imkoniyatlar, aholining qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha savollar berildi hamda o‘qituvchilar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuv aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarda davlat rivoji va jamiyat hayotiga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir yakunida fakultet o‘qituvchilari va mahalla faollari o‘zaro hamkorlikni davom ettirish, aholining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha uchrashuvlar va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.




