JIDUda talabalar turar joylarida namunaviy sharoitlar yaratilmoqda

JIDUda talabalar turar joylarida namunaviy sharoitlar yaratilmoqda

    JIDUda talabalar turar joylarida namunaviy sharoitlar yaratilmoqda

    JIDUda talabalar turar joylarida namunaviy sharoitlar yaratilmoqda

    Joriy yilning 27-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati 2025/2026 o‘quv yili oldidan talabalarni qulay va zamonaviy turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirdi. Bu jarayon nafaqat o‘z vaqtida joylashtirish, balki ta’lim oluvchilar uchun qulay, xavfsiz va ma’naviy sog‘lom muhitni yaratishga qaratilgan.

    Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusupjanov Talabalarni yotoqxonalarga joylashtirishga ko‘maklashish markazi (infokiosk) bilan hamkorlikda tashkil etilgan amaliy tadbirlar davomida Toshkent shahridagi bir qator xostel va yotoqxonalardagi sharoitlarni o‘rganib chiqdi.

    Tashriflar natijasiga ko‘ra, turar joylarning gigiyena me’yorlariga mos kelishi, umumiy foydalaniladigan joylarning ozoda saqlanishi, xavfsizlik tizimlari va yong‘inga qarshi vositalarning ishlashi qayd etildi. Shuningdek, talabalar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda internet va boshqa aloqa xizmatlari ham tashkil etilgani ma’lum qilindi. Oshxonalar, sport zallari va dam olish maskanlaridagi sharoitlar yuqori baholandi.

    Uchrashuvlar yakunida infratuzilmani yanada rivojlantirish va xizmatlar sifatini yuqori darajada saqlab qolish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Belgilanishicha, ushbu chora-tadbirlarning ijrosi doimiy ravishda nazorat qilib boriladigan bo‘ldi.