
JIDU talabasi YXHTning 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Helsinki+50” konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakili sifatida ishtirok etdi
JIDU talabasi YXHTning 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Helsinki+50” konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakili sifatida ishtirok etdi

2025-yil 29-iyul-1-avgust kunlari Finlyandiya poytaxti Helsinki shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Helsinki+50” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim diplomatik tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha Helsinkida 1975-yilda imzolangan yakuniy aktning (Helsinki Final Act) 50 yilligiga bag‘ishlandi. Konferensiya mintaqaviy xavfsizlik, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati roli hamda diplomatiya orqali tinchlikni mustahkamlash mavzularini qamrab oldi.
Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi vakili sifatida JIDU talabasi Otabek Turg‘unboyev ham ishtirok etib, YXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan yoshlarning tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini kuchaytirish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi hamda Markaziy Osiyo yoshlarining muloqot va ishonch qurilishidagi o‘rni, diplomatiyada yoshlar vakilligining ahamiyati, mintaqaviy barqarorlikda fuqarolik jamiyatining roli to‘g‘risida nutq so‘zladi.
Tadbir doirasida Otabek Turg‘unboyev Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, YXHT rasmiylari va boshqa davlatlar delegatlari bilan fikr almashdi.
Mazkur ishtirok O‘zbekiston yoshlarining global muammolarni hal etishdagi faol pozitsiyasini va xalqaro hamjamiyat bilan ochiq muloqotga tayyorligini yana bir bor namoyon etdi.
Sana: | 01.08.2025 |
Ko'rganlar soni: | 507 |
Ulashish: |