
JIDUda Sankt-Peterburg davlat universiteti professorining mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi
JIDUda Sankt-Peterburg davlat universiteti professorining mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Donald Trampning savdo urushlari: jahon iqtisodiyotiga ta’siri” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, jahon iqtisodiyoti sohasi mutaxassisi, YUNKTAD Virtual instituti va Ibero-Amerika dunyosi tadqiqotchilari uyushmasi a’zosi Gubina Maryana Andreyevna taklif etilgan ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Maryana Andreyevna nutq davomida Donald Tramp prezidentligi davridagi AQSH savdo siyosatining asosiy jihatlarini, uning global iqtisodiy jarayonlarga, xususan, rivojlanayotgan iqtisodiyotli mamlakatlarga va global ta’minot zanjirlariga ta’sirini tahlil qildi.
Ma’ruzadan so‘ng faol savol-javob bo‘lib o‘tdi, unda talabalar mavzu bo‘yicha mazmunli va tahliliy savollar berib, yuqori darajadagi faollikni namoyon etdilar.