Bolalarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar JIDUda muhokama qilindi

Bolalarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar JIDUda muhokama qilindi

    Bolalarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar JIDUda muhokama qilindi

    Bolalarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar JIDUda muhokama qilindi

    Joriy yilning 22-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish:milliy va xalqaro amaliyot” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.A.Yusupdjanov, JIDU Yuridik klinika direktori Z.S.Ubaydullayev, Mirzo Ulug‘bek tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bola huquqlari bo‘yicha mutaxassisi X.Gafruddinov, Mirzo Ulug‘bek tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo’limi vakili G.Yunusova shuningdek, 51ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 17 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va “Xalqaro huquq fakulteti” talabalari ishtirok etib, amaliy seminar mavzusi yuzasidan o‘zlarining fikr - mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

    Seminarda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar mavzuga oid dolzarb taqdimotlari bilan qatnashdilar. Tadbir davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi normalarining ahamiyati atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, bola huquqlariga oid O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik normalari chuqur tahlil qilindi va sud amaliyoti misolida tushuntirildi. Bu esa ishtirokchilarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan bog‘lash imkonini berdi.

    Seminar ishtirokchilari, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, mavzu doirasida qizg‘in bahs-munozaralar olib bordilar. Bu esa tadbirning interfaol va samarali bo‘lishini ta’minladi. Munozaralar natijasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning milliy va xalqaro amaliyotidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan foydali takliflar shakllantirildi.

    Tadbir yakunida bola huquqlarini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish va jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Ushbu seminar bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi mas’uliyatni oshirish, mutaxassislarning salohiyatini mustahkamlash hamda jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka murosasiz munosabatni shakllantirishga muhim hissa qo‘shadi.