
JIDU-Peruja: istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi talabalar almashinuvi
JIDU-Peruja: istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi talabalar almashinuvi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Italiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari – Salento va Peruja universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. Ayni paytda, JIDUning sakkiz nafar talabasi Peruja universiteti (Università per Stranieri di Perugia)da italyan tili boʻyicha bir oylik intensiv kursda qatnashmoqda. Tanlov asosida saralangan talabalar uchun ajratilgan grant Italiyadagi barcha oʻqish xarajatlarini qoplaydi.
1–31-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan ushbu dasturda talabalar nafaqat tilni oʻrganish, balki Italiyaning boy madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu tajriba ularning kasbiy va til ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, JIDUning xalqaro miqyosdagi hamkorliklarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu dastur Roman-german tillari kafedrasi tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari – “Sifatli taʼlim”, “Tinchlik va adolat” hamda “Barqaror shahar va hamjamiyatlar” doirasida amalga oshirilmoqda. Bu tashabbus nafaqat talabalarning kasbiy va til bilimlarini oshirishga, balki JIDUning xalqaro hamkorligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kelajakda ham talabalarga xorijda bilim olish va madaniyatlararo almashinuv uchun yangi imkoniyatlar yaratishni davom ettirmoqda.