JIDUda ilmiy tadqiqotlarni nashr etish muammolari bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

JIDUda ilmiy tadqiqotlarni nashr etish muammolari bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

    JIDUda ilmiy tadqiqotlarni nashr etish muammolari bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

    JIDUda ilmiy tadqiqotlarni nashr etish muammolari bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

    Joriy yilning 20-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro munosabatlarda zamonaviy tadqiqotlar va ularni nufuzli ilmiy platformalarda nashr etish” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    JIDUning "Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq" jurnali tahririyati tomonidan tashkil etilgan seminar ishida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy va Pokistondan olimlar va mutaxassislar, shuningdek, JIDU talabalari, magistrantlari va doktorantlari ishtirok etdilar.

    Ilmiy seminar ishtirokchilarini Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov, Raqamli transformatsiya va iqtisodiyot bo‘yicha prorektor Muzaffar Jalolov, JIDU rektori maslahatchisi Sherzod Abdullayev kutib oldilar.

    Ma’ruzalar bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari - prorektor D.Sayfullayev va professor N.Karimov, Tinchlik va diplomatik tadqiqotlar instituti prezidenti, doktor Farhod Asif (Pokiston), Al-Farobiy nomidagi Milliy universitetning Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri L.Delovarova (Qozog‘iston) va Sinxua universiteti (Xitoy) Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (IIAS) katta ilmiy xodimi Yan Szitun (Yang Zitong), shuningdek, JIDU professorlari G.Raimova va G.Jumayev chiqish qildilar.

    Seminarda siyosiy tadqiqotlarga zamonaviy yondashuvlar, geosiyosat va nashrlarning xalqaro ilmiy standartlari muhokama qilindi.

    Yakuniy qismda belgilangan mavzu bo‘yicha munozara o‘tkazildi. Ilmiy forum to‘plangan tajribalar bilan o‘rtoqlashish va kelgusi tadqiqotlar uchun amaliy xulosalar chiqarish imkonini berdi.