
JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi
JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

2025-yil 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi direktori Omonulla Fayziyev mahorat darsi o‘tkazdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashning asosiy tamoyillari va usullari, shuningdek, xalqaro hayotdagi muhim voqealarni to‘plash va yoritish jarayoni haqida batafsil ma’lumot oldilar. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni tashkil etishdagi asosiy yo‘nalishlar hamda xalqaro vaziyatga tanqidiy va xolis ekspert baholarini berishga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruzachi diplomatik faoliyatning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha keng qamrovli masalalarni ko‘rib chiqdi va xalqaro kun tartibidagi bir qator dolzarb mavzularni, jumladan, Markaziy Osiyodagi vaziyat, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, qo‘shni Afg‘oniston bilan aloqalarni muhokama qilishni taklif etdi.
Bundan tashqari, talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi. Ular “case study” usullaridan foydalangan holda belgilangan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Qizg‘in fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi va ushbu tadbir talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.