JIDU vakili xalqaro treningda spiker va trener sifatida ishtirok etdi

    2025-yil 4-iyun kuni “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti Surayyo Usmanova “Tinchlik yo‘lida yoshlar” xalqaro treningida spiker va trener sifatida ishtirok etdi.

    Tadbir C5+1 Yoshlar Kengashi tomonidan tashkil etilib, AQSHning Qirg’izistondagi elchixonasi va Markaziy Osiyo Amerika Universiteti (AUCA) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.                          

    Surayyo Usmanova quyidagi ikki mavzuda trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdi:

    -         Xalqaro huquq nuqtai nazaridan tinchlikni barpo etish;

    -         Yoshlar, mojarolarning oldini olish va huquq.

    Trening davomida JIDU vakili xalqaro huquqiy asoslar tinchlikni ta’minlashda qanday samarali vosita bo‘lishi mumkinligini tushuntirib berdi, shuningdek, yoshlarning mojarolarning oldini olish va barqarorlikni ta’minlashdagi hal qiluvchi o‘rnini ta’kidladi. Uning mashg‘ulotlari ishtirokchilarni tinchlik va bag‘rikenglikka asoslangan jamiyat qurish borasida faol ishtirok etishga undadi.