
JIDUda “Cybersport 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Cybersport 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 15-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida “Cybersport 2025” nomli kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet talabalarni farovonligini ta’minlash va maslahat berish bo‘limi tomonidan tashkillashtirilib, universitetning barcha fakultetlarining 90 dan ortiq talabalari faol ishtirok etdi.
Musobaqalarda Dastur ikki asosiy yo‘nalishni – Counter-Strike 2 va FIFA 2025 o‘yinlarini qamrab oldi. Har bir o‘yinda ishtirokchilar jamoaviy hamda yakka tartibda kuch sinashdi, o‘zlarining texnik va strategik bilimlarini namoyish qildilar.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, kibersport musobaqalari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini kuchaytirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Counter-Strike 2 yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – Rakuzan jamoasi
2-o‘rin – Hello Kitty jamoasi
3-o‘rin – Big Shots jamoasi
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, universitetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, axborot texnologiyalariga oid qiziqishni yanada oshirishga zamin yaratdi.