JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 8-aprel kuni Xalqaro munosabatlar fakultetining 2-bosqich talabalari o‘qituvchi I. Uvraimov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida talabalar parlamentning kundalik faoliyati, qonun loyihalarini ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayonlari hamda parlament munozaralarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida amaliy tasavvurga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, ular kutubxona, undagi nodir nashrlar va hujjatlar, shuningdek, Oliy Majlis muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu tashrif talabalarga parlament faoliyatini chuqurroq anglashga imkon berdi va ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi.