Talaba qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan psixologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Talaba qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan psixologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

    Talaba qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan psixologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

    Talaba qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan psixologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

    2025-yil 26-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yosh avlod, xususan talaba qizlarning psixologik tayyorgarligi, maqsad sari yo‘naltirilishi va ijtimoiy bosimlarga bardosh bera olishiga oid dolzarb mavzuni qamrab olgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir JIDU Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan bolib, unda universitet talaba qizlari, JIDU huzuridagi litsey o‘quvchi qizlari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.  

    Tadbir doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti psixolog-sotsiologi, dotsent, falsafa doktori (PhD) Ziyayeva Xolida Omonqul qizi “Qizlarni o‘zlariga nisbatan ishonchlarini oshirishda, maqsadlarini aniq belgilashda, turli tazyiqlardan himoyalanish mexanizmlaridan xabardor bo‘lishlariga ko‘maklashish” mavzusida ma’ruza qildi.

             Ma’ruza davomida X.Ziyayeva ishtirokchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonch, shaxsiy rivojlanish, tanqidiy fikrlash va ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashish borasida chuqur ilmiy asoslangan tushunchalar, psixologik maslahatlar hamda real hayotiy misollar orqali yondashdi.

    Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, shuningdek, hayotiy yo‘nalish tanlash, oliy ta’limga kirish va o‘zini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar olishdi.

    Tadbirning bosh maqsadi — o‘quvchi qizlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ularga kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashga yordam berish, hamda ijtimoiy bosimlar, stereotiplar va tazyiqlarga qarshi tura olish mexanizmlarini shakllantirish edi.

    JIDU Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbir qizlarning shaxsiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga, ularni hayotda faol va mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qildi.

    Bunday uchrashuvlar yosh avlod vakillarining bilim va ongini yuksaltirish, maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishga ilhomlantirishda muhim ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.