
JIDU rektori Xorvatiya parlamenti Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
JIDU rektori Xorvatiya parlamenti Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 17-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Xorvatiya parlamenti Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi Ivan Malenitsa bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar qonunchilik faoliyati, parlamentlararo muloqotni, qo‘mitalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Muzokaralar davomida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Xorvatiyaning yetakchi universitetlari o‘rtasida akademik almashinuvlar va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildilar. Bu esa ikki tomonlama munosabatlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish imkonini beradi.
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususan farmatsevtika, tibbiy texnologiyalar, sanoat uskunalari, to‘qimachilik, agroqayta ishlash hamda transport-logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.




