JIDU va Salento universiteti (Italiya) o'rtasidagi almashinuv shartnomasi doirasida Italiyadan kelgan talabalarning til amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Salento universiteti (Italiya) bilan imzolangan talabalar almashinuvi shartnomasi doirasida bo‘lib o‘tgan til amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

     Dastur talabaning til ko‘nikmalarini yuqori bosqichga olib chiqish,  yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan intensiv kursdan iborat bo‘lib, italiyalik talabalar katta qiziqish bilan nafaqat rus  tilini, balki  o‘zbek madaniyati, urf-odatlati,  san’atiga doir ma’lumotlarni ham o‘rgandilar.

    JIDUda boʻlib oʻtgan sertifikatlar topshirish marosimida Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Umarov ushbu almashinuvning muhimligini qayd etib, universitet Italiya taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

    «Biz hamkorlarimizga sifatli taʼlim taqdim etishdan faxrlanamiz. Universitetimizda 12 ta xorijiy tillar oʻqitiladi va bu borada mutaxassislar katta tajribaga egadirlar. Bizda yuqori malakali pedagoglar faoliyat yuritmoqda, shuningdek, talabalarning yuqori natijalarga erishishiga koʻmak beradigan darsliklar ishlab chiqilgan», - dedi A.Umarov.

    Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik uzoq muddatli munosabatlarning boshlanishi bo‘ladi va bizning Italiyaning Lechche shahridagi Salento universiteti bilan hamkorligimiz kelgusida yanada yuqori bosqichlrga ko‘tariladi.