
JIDU talabalari choy marosimi etiketini o‘rganishmoqda
JIDU talabalari choy marosimi etiketini o‘rganishmoqda

Joriy yilning 14-may kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi qarorgohida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yapon tilini o‘rganayotgan 2-kurs talabalari ishtirokida yapon choy marosimi namoyishi o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari yapon xalqi madaniyatida muhim o‘rin tutadigan choy marosimi an’anasini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu marosim inson qalbini tabiat bilan uyg‘unlashtirishga, ichki va tashqi olamning birligini his qilishga qaratilgan. Choy marosimi xotirjamlik, soddalik, tabiiylik, nafislik va noziklikni mujassam etadi.
Tadbir Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida JIDU Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.