JIDUga Polsha Respublikasi parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy tashrif buyurdi

JIDUga Polsha Respublikasi parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy tashrif buyurdi

    JIDUga Polsha Respublikasi parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy tashrif buyurdi

    JIDUga Polsha Respublikasi parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy tashrif buyurdi

    Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S. Safoyevning Polsha Respublikasi Parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv avvalida M. Kaminskiyga universitet faoliyati, olib borilayotgan tadqiqotlar va ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. “Executive Education” fakultetining davlat va xususiy sektor vakillari uchun kurslar tashkil etishdagi imkoniyatlari qayd etildi.

    Shuningdek, JIDU rektori ikki tomonlama munosabatlarning ilmiy tarkibiy qismi muhimligini ta’kidlab, din, radikallashuv, xavfsizlik, transmilliy tahdidlar, iqtisodiyot, energetika va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalarini qo‘shma ilmiy ishlar uchun ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.

    Tomonlar akademik va talabalar almashinuvi yo‘nalishida hamkorlikni barqaror rivojlantirish, ikki mamlakat talabalar uyushmalari o‘rtasida ko‘prik yaratish, shuningdek, diplomatlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga umid qilishlarini ta’kidladilar.

    Tashrif yakunida Polsha davlat arbobining JIDU talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda u O‘zbekiston-Polsha munosabatlari rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib o‘tdi.

    Polsha Respublikasi Parlamenti Senati Raisi o‘rinbosarining tashrifi yakunlari bo‘yicha JIDU va Polshaning yetakchi ta’lim tashkilotlari va aql markazlari o‘rtasidagi akademik hamda ilmiy aloqalarni amalga oshirishga kelishib olindi.