JIDUda INTA vakili ishtirokida maxsus ma’ruza bo‘lib o‘tdi

JIDUda INTA vakili ishtirokida maxsus ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    JIDUda INTA vakili ishtirokida maxsus ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    JIDUda INTA vakili ishtirokida maxsus ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 19-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro Savdo Belgilari Assotsiatsiyasi (International Trademark Association – INTA) Yevropa va hukumatlararo tashkilotlar bo‘yicha bosh vakili Tat-Tienne Louembe universitetning Xalqaro huquq fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

            Tadbir davomida mehmon intellektual mulkning zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyotdagi o‘rni, iste’molchilar ishonchi, innovatsiyalar va barqaror rivojlanishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’ruza qildi. Shuningdek, brendlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, soxta mahsulotlarning salbiy oqibatlari hamda intellektual mulkning global miqyosda xavfsizlik, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikdagi strategik ahamiyati haqida muhim ma’lumotlar berildi.

           Uchrashuv interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘lishdi. Tat-Tienne Louembe ularning savollariga batafsil javob berib, yoshlarning intellektual mulk sohasidagi bilim va qiziqishini yuqori baholadi.

           Shu bilan birga, tadbir doirasida Xalqaro huquq va Ommaviy huquq fanlari kafedrasi va INTA o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, bu esa universitetda intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, seminarlar va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

          Tadbir yakunida JIDU rahbariyati va talabalari mehmonni universitetda yana qabul qilish istagini bildirib, bunday uchrashuvlar talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishda va global miqyosdagi dolzarb masalalardan xabardor bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.