
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida talabalar bilan birgalikda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida talabalar bilan birgalikda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 10-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Soliyev tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining o‘rni” mavzusida amaliy seminar dars tashkil etildi. Mazkur dars “Xalqaro huquq” fakultetining 2-kurs talabalari orasida o‘tkazilib, unda talabalarning jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi.
Seminar davomida talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan huquqiy hamda institutsional mexanizmlarni rivojlangan xorijiy mamalakatlar doirasida qilingan tahlil himoya qilib berildi. Xususan, jinoyatlarning profilaktikasi, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, huquqbuzarliklarning erta ogohlantirish tizimi, shuningdek, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari tahlil obyekti qilib olindi.
Ta’kidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, ayniqsa, BRM 16 — “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, talabalar amalga oshirgan tahlillar amaliyotga qo’llash samaradorligi o‘rganib chiqildi. Mazkur maqsad doirasida talabalar tomonidan ilgari surilgan qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda samarali va hisobdor davlat institutlarini shakllantirish yuzsidan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, dars jarayonida jinoyatchilikning oldini olishda ta’limning o‘rni alohida ta’kidlanib, bu borada BRM 4 — “Sifatli ta’lim”ning ahamiyati ochib berildi. Talabalar bilan interaktiv muhokamalar o‘tkazilib, ularning huquqiy ongini yuksaltirish, ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlari, ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinib, BRM 17 — “Maqsadlar uchun hamkorlik” doirasida institutsional integratsiyaning ahamiyati asoslab berildi.
Mazkur dars talabalarda jinoyatchilikning oldini olishga nisbatan tizimli yondashuvni shakllantirish, ularni milliy va xalqaro huquqiy standartlar asosida fikrlashga o‘rgatish hamda kelgusida malakali huquqshunos kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.
| Sana: | 11.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 47 |
| Ulashish: |




