JIDUning  “Yaxshilik” ko‘ngilli jamoasi “Taskin” nomli birinchi bolalar xospisiga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi va  universitetning “Yaxshilik” ko‘ngilli jamoasi a’zolari “Ezgu Amal” Jamoat fondi yordamida tashkil etilgan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Taskin” nomli birinchi bolalar xospisiga tashrif buyurdi.

    Tadbir davomida talabalar bolalar bilan faol vaqt o‘tkazib, ular bilan suhbatlashdi, interaktiv o‘yinlar uyushtirdi, sovg‘alar ulashdi va ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ularni in’om etdi. Shuningdek, ota-onalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning kayfiyati va ruhiy holati sezilarli darajada ko‘tarildi. Ijtimoiy xodimlar, ruhshunoslar va shifokorlar ishtirokidagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilishga bo‘lgan iliq yondashuv nafaqat tibbiy davolanishga, balki bemor bolaning hayotini mazmun bilan boyitishga qaratilgan. Bu mamlakatimizda “Inson qadr-qimmati uchun” tamoyili ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

    “Yaxshilik” loyihasi hayotiy sinovlarga duch kelgan bolalarga mehribonlik va shafqat ko‘rsatish, jamiyatda ijtimoiy birdamlik va hamdardlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday ezgu tashabbuslarni muntazam ravishda o‘tkazib turish zarurligini ta’kidlashdi.