
JIDU Sport klubi tomonidan universitetga biriktirilgan mahallalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi
JIDU Sport klubi tomonidan universitetga biriktirilgan mahallalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti sport klubi tashabbusi bilan mahallalar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda “Buyuk Ipak Yo‘li”, “Elobod”, “Yangi Olmachi” va “Olmachi” mahallalarining vakillari badminton, stol tennisi, arg‘amchi sakrash va basketbol bo‘yicha kurash olib bordilar.
Uning natijalariga ko‘ra, badminton va stol tennisi musobaqalarida “Buyuk Ipak Yo‘li” mahallasi birinchi o‘rinni egalladi, “Olmachi” esa ikkinchi o‘rinni oldi. Savatga to‘p tashlashda “Buyuk Ipak Yo‘li” jamoasi g‘olib bo‘ldi, “Yangi Olmachi” ikkinchi o‘rinni oldi. Arg‘amchi sakrash musobaqasida esa “Elobod” mahallasi birinchi, “Olmachi” esa ikkinchi o‘rinni egalladi. “Buyuk Ipak Yo‘li” jamoasi umumjamoa hisobida eng yuqori natijalarni ko‘rsatib, kubokni qo‘lga kiritdi.
Tadbir davomida har bir ishtirokchining tayyorgarligi va jamoaviylik ruhi ko‘zga tashlandi. Ushbu sport tadbirlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish va mahallalar o‘rtasidagi do‘stlik hamda birdamlik rishtalarini yanada mustahkamladi. JIDU sport klubi kelgusida ham bunday tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.