Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    AQShning amaldagi Prezidenti D.Trampning tashqi siyosiy qarorlari tizimli xalqaro iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga (xalqaro ishtirokchilar uchun strategik xatarlarning yuqori ulushi bilan) sezilarli darajada transformatsion ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, AQSh Prezidenti ma’muriyati siyosatiga xalqaro “proyeksiya” masalalari zamirida murojaat qilish, tadqiq etish va unga baho berish ahamiyatli va dolzarbdir.

    2025-yil 24-aprel kuni Metodologik kengashi doirasida «AQSh: “o‘zgarishlar davrida” siyosat, jamiyat, iqtisodiyot» mavzusidagi navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, IXTI Amerika tadqiqotlari markazi rahbari Ishanho‘jayev U.M. o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda JIDU rahbariyati hamda professor- o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va IXTI xodimlari ishtirok etdi.

    O‘z ma’ruzasi va taqdimotida ekspert quyidagi yo‘nalishlar doirasida mavzuni belgilab berdi: “Trampning 100 kuni. Ichki va tashqi siyosatdagi yutuqlar” (migratsiya siyosati; iqtisodiyot va soliqlar; madaniy siyosat va xavfsizlik; energetika va ekologiya); “Trampning 100 kuni. Ichki va tashqi siyosatdagi muammolar”; “Siyosiy entropiya”; “Yetakchilikning buyuk sikli”, “AQSh taraqqiyotidagi institutsional sikllar/davrlar”, “AQSh taraqqiyotidagi ijtimoiy- iqtisodiy sikllar/davrlar va tarixiy bosqichlar”.

    Ilmiy-amaliy seminarning yakuniy qismida savol- javoblar doirasida AQSh Kongressining roli va Prezident vakolatlarining kuchayishi; AQSh Prezidentining boshqaruv uslubi; AQSH savdo siyosati va JST doirasida tariflar boʻyicha kelishmovchiliklarni hal etish; AQShning kelajakdagi tashqi siyosati to‘g‘risida dolzarb hamda ahamiyatli savollar bilan tadbir ishtirokchilari so‘zga chiqdilar.