
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida maktab o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida maktab o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent shahridagi 281-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari va “Sharaf” MFYning yoshlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi.
Ushbu ekskursiya yosh avlodni oliy ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari universitetning zamonaviy o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, sport majmuasi va boshqa infratuzilma obyektlari bilan tanishdilar. Universitetning mas’ul xodimi tomonidan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. O‘quvchilar xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, huquq va boshqa sohalarga oid o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollarga javoblar oldilar.
Ekskursiya davomida yoshlarga har bir yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlariga doir fanlar bloklari, muddatlar, imtihonlarga oid hujjatlar, universitetda o‘qitiladigan fanlar, shuningdek, o‘qishni tamomlagandan so‘ng qaysi tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini olib borish mumkinligi xususida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ushbu ekskursiya yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.