JIDU barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlamoqda

JIDU barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlamoqda

    JIDU barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlamoqda

    JIDU barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlamoqda

        2024-yil 27-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya  universitetiga (JIDU) Amerika notijorat tashkiloti “O‘z yaqiningni qadrla jamoasi” (“Love Your Neighbor Community” / LYNC) bosh direktori va Amerika nodavlat tashkiloti “Global hamkorlik instituti” (Institute for Global Engagement / IGE) Kuzatuv kengashi a’zosi Ueyd Kyuzak tashrif buyurdi.

         Rasmiy uchrashuvda birinchi prorektor O.Yusupjanov, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani M.Hamdamov, Xalqaro huquq fakulteti dekani o‘rinbosari F.Tashev, JIDU jurnalining bosh muharriri “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” U.Hasanov ishtirok etdilar.

        Muzokaralar davomida tomonlar JIDU va LYNC o‘rtasidagi barqaror hamkorlikni rivojlantirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun qo‘shma tadqiqot dasturlari va ta’lim resurslarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar. Hamkorlikning muvaffaqiyatli natijasi sifatida JIDU va Xalqaro huquq va din tadqiqotlari markazi (International Center for Law and Religion Studies / ICLRS) bilan hamkorlikdagi diniy masalalar, qonun ustuvorligi va madaniyatlararo diniy savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma treninglar alohida ta’kidlandi.

       Alohida e’tibor – tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va “Muzokara texnologiyalarida madaniyatlararo dialog” mavzusida ta’lim materiallarini yaratish istiqbollariga qaratildi. Ushbu tashabbuslar Pepperdine universiteti (Vashington va Jeneva kampuslari) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur tashabbuslar turli tuzilmalar o‘rtasida o‘zaro tushunishni rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining konstruktiv rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

          Uchrashuv yakunida tomonlar akademik va ilmiy hamkorlikni davom ettirishga, jumladan, ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.