JIDUda Xalqaro xususiy huquqda delikt va mehnat munosabatlariga oid masalalar muhokama qilindi

JIDUda Xalqaro xususiy huquqda delikt va mehnat munosabatlariga oid masalalar muhokama qilindi

    JIDUda Xalqaro xususiy huquqda delikt va mehnat munosabatlariga oid masalalar muhokama qilindi

    JIDUda Xalqaro xususiy huquqda delikt va mehnat munosabatlariga oid masalalar muhokama qilindi

    Joriy yilning 24-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq” fakultetining 3-kurs talabalari uchun “Xalqaro xususiy huquq” fanidan chet el elementi bilan murakkablashgan delikt va mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professori Imamova Dilfuza tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliyotchi mutaxassislar bilan hamkorlik orqali kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

    Mahorat darsida kafedra professori Imamova Dilfuza bilan bir qatorda taklif etilgan mutaxassislar “Bemax Legal” MChJ yuriskonsulti Munavvara Axtamova, “Kosta Legal” kompaniyasining kichik yuristi Madina Iskandarova hamda Yunusobod tumani prokuraturasining stajyori Abdusaid Xabibullayev ishtirok etdilar.

    Mahorat darsi davomida xalqaro xususiy huquqning dolzarb masalalari, jumladan, transchegaraviy munosabatlarda yuzaga keladigan delikt majburiyatlariga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni aniqlash, chet el elementi bilan murakkablashgan mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, chet el fuqarolarining mehnat munosabatlaridagi huquqiy maqomi ko‘rib chiqildi.

    Transchegaraviy vaziyatlarda zarar yetkazish natijasida yuzaga keladigan nizolarni hal etishning amaliy jihatlari, yurisdiksiyani aniqlash, qo‘llaniladigan huquqni belgilash hamda chet el fuqarolari ishtirokidagi mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Taklif etilgan mutaxassislar delikt va mehnat munosabatlariga oid o‘z yuridik amaliyotlaridan misollar keltirib, tegishli huquqiy masalalarni hal etish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Interaktiv muhokama davomida talabalar amaliy kazuslarni tahlil qildilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va mutaxassislarning malakali sharhlarini oldilar. Talabalar muhokama qilinayotgan mavzularga yuqori qiziqish bildirdilar, munozarada faol qatnashdilar hamda o‘z savollariga batafsil javob oldilar.

    Mahorat darsining o‘tkazilishi 16-sonli Barqaror rivojlanish maqsadi “Tinchlik, adolat va samarali institutlar”ni amalga oshirishga, xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash va adolatdan teng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 16.3-vazifaga hissa qo‘shdi. Transchegaraviy delikt va mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish, huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlari hamda yuzaga keladigan nizolarni hal etish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘lajak yuristlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, shuningdek, qonuniylikni ta’minlash va huquqlarni himoya qilishda huquqiy institutlarning rolini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

    Mahorat darsi, shuningdek, 17-sonli Barqaror rivojlanish maqsadi “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik”ni, xususan, fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi 17.6-vazifani amalga oshirishga ham hissa qo‘shdi. Universitetning professional yuridik hamjamiyat vakillari bilan hamkorligi bilim va amaliy tajriba almashish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda akademik muhit bilan yuridik amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    O‘tkazilgan tadbir ta’lim jarayonini takomillashtirish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va universitet bilan professional yuridik hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida mustahkamlashga muhim hissa qo‘shdi.