JIDU talabalari “Besh tashabbus” olimpiadasining shahar bosqichida faxrli o‘rinlarni egallashdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari “Besh tashabbus” olimpiadasining shahar bosqichida yuqori natijalar ko‘rsatishdi. Ushbu musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

    Olimpiadaning shahar bosqichi 12-13-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti maydonida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada A guruhidagi 37 ta oliy ta’lim muassasasidan saralab olingan eng kuchli jamoalar ishtirok etdi.

    JIDU ayollar voleybol jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natija jamoaning muntazam mashg‘ulotlari va hamjihatlikdagi mehnati samarasi bo‘ldi. Voleybol bo‘yicha erkaklar terma jamoasi esa kuchli raqobat sharoitida matonat va mahorat ko‘rsatib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va yuksak sport madaniyati namunasiga aylandi.

    Erishilgan muvaffaqiyatlar sportchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi. Universitet jamoasi va sport klubi ushbu g‘alaba bilan JIDU jamoasini tabriklaydi hamda kelgusi musobaqalarda yangi yutuqlar tilaydi.