“Ombudsman klubi” a’zolari ishtirokida inson huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

“Ombudsman klubi” a’zolari ishtirokida inson huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

    “Ombudsman klubi” a’zolari ishtirokida inson huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

    “Ombudsman klubi” a’zolari ishtirokida inson huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

    Joriy yilning 23-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh.M.Xamdamova va S.O.Ikramov tashabbusi hamda tashkilotchiligida “Ombudsman klubi”ning 3- va 4-kurs faol talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) devonida “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda Ombudsman institutining o‘rni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati va tanishtiruv tashrifi tashkil etildi.

    Tadbirning asosiy maqsadi bo‘lajak huquqshunoslarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish sohasidagi milliy institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

    Davra suhbati davomida Ombudsman devonining mas’ul xodimlari talabalarga Ombudsman institutining konstitutsiyaviy maqomi, vazifalari va vakolatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va amaliyotda uchraydigan dolzarb masalalar, shuningdek, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshiriladigan monitoring tashriflari mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    Shuningdek, talabalar murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda kutubxona faoliyati bilan tanishib, murojaatlarni qabul qilish va tahlil qilish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Ochiq muloqot va savol-javob shaklida o‘tkazilgan davra suhbatida talabalar inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmlari, Ombudsman faoliyatining amaliy jihatlari hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

    Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh.M. Xamdamova va S.O. Ikramov tomonidan tashkil etilgan mazkur davra suhbati talabalarning huquqiy ongi va tafakkurini yuksaltirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.