JIDU va Asia Alliance Bank hamkorligida talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot dasturiga saralash o‘tkazildi

    2026-yil 20-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Karyera markazi Asia Alliance Bank bilan hamkorlikda bitiruvchi bosqich talabalari uchun bankda haq to‘lanadigan amaliyot dasturida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan ikki bosqichli saralash jarayonini tashkil etdi.

    Mazkur tashabbus talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda moliya-bank sohasida dastlabki ish tajribasini orttirishlariga ko‘maklashishga qaratildi.

    Saralash jarayoni ikki bosqichda amalga oshirildi:

    Birinchi bosqichda nomzodlar bilim darajasi, tahliliy fikrlash qobiliyati va kasbiy faoliyat uchun zarur kompetensiyalarini baholashga qaratilgan yozma test sinovidan o‘tdilar.

    Ikkinchi bosqichda test natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli saralangan talabalar Asia Alliance Bank vakillari bilan individual suhbatlarda ishtirok etdilar. Suhbatlar davomida nomzodlarning kasbiy qiziqishlari, motivatsiyasi, muloqot ko‘nikmalari va bank sohasida faoliyat yuritishga tayyorgarligi baholandi.

    Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga Asia Alliance Bankda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etildi. Ushbu dastur yosh mutaxassislarga bank faoliyatining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishish, professional muhitda tajriba orttirish hamda kelgusidagi karyerasi uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.

    Mazkur hamkorlik JIDUning ish beruvchilar bilan aloqalarini mustahkamlash, talabalar bandligini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarining navbatdagi amaliy ifodasidir.