JIDUda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi(Master Class) bo‘lib o‘tdi

JIDUda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi(Master Class) bo‘lib o‘tdi

    JIDUda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi(Master Class) bo‘lib o‘tdi

    JIDUda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi(Master Class) bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 18-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mashg‘ulotni JIDUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Timur Dadabayev olib bordi.
    Mashg‘ulot davomida ilmiy maqolalarni tayyorlash metodologiyasi, akademik yozuvning xalqaro standartlari, tadqiqot natijalarini ilmiy jihatdan asoslash hamda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, mashg‘ulot davomida ilmiy maqolalar sifatini oshirish, tadqiqot natijalarini samarali taqdim etish hamda xalqaro ilmiy nashrlar talablariga muvofiq maqolalar tayyorlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

    Akademik maqolalar tayyorlash bo‘yicha mentorlik dasturi doirasidagi mazkur mashg‘ulotlar har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

    Ushbu tashabbus ilmiy tadqiqot olib borish va xalqaro jurnallarda maqolalar chop etishga qiziqqan professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, universitetda akademik yozuv madaniyatini rivojlantirish hamda JIDUning xalqaro ilmiy maydondagi nashriy faolligi va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, mazkur dastur professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, ilmiy va akademik kompetensiyalarini muntazam oshirish hamda oliy ta’lim sohasidagi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga moslashishini ta’minlashga qaratilgan.