JIDUda yangi magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi

JIDUda yangi magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi

    JIDUda yangi magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi

    JIDUda yangi magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab quyidagi yangi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi:

    • Rivojlanish iqtisodiyoti;

    • Iqtisodiyotda katta ma’lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish;

    • Xalqaro savdo huquqi;

    • Xalqaro energetika siyosati;

    • Xalqaro xavfsizlik.

    Talabgorlar 2026-yil 31-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari mumkin.

    Qabul jarayonlari yuzasidan maslahat olish hamda qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Universitet Qabul komissiyasiga murojaat qilish mumkin.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura bosqichida zamonaviy va dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olish istagidagi barcha nomzodlarni hujjat topshirishga taklif etadi.