“Zamonaviy dunyoda islom huquqining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

“Zamonaviy dunyoda islom huquqining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    “Zamonaviy dunyoda islom huquqining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    “Zamonaviy dunyoda islom huquqining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    Joriy yilning 16-noyabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jo‘rayev Shukurillo Rahimovich ishtirokida “Zamonaviy dunyoda islom huquqining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsining asosiy maqsadi talabalarga islom huquqining zamonaviy dunyo huquqiy makonidagi o‘rni, nazariy asoslari, fundamental tamoyillari va xalqaro huquqiy jarayonlar bilan o‘zaro aloqadorligi haqida chuqur ilmiy-nazariy bilim berishdan iborat bo‘ldi.

    Mashg‘ulot davomida islom huquqining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti, uning asosiy manbalari – Qur’oni karim, Sunnat, ijmo va qiyosning huquqiy tartibga solishdagi o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilindi. Ma’ruzachi, shuningdek, adolat, tenglik, inson sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, bag‘rikenglik kabi islom huquqining fundamental tamoyillarini yoritib berdi.

    Dars davomida globallashuv sharoitida islom huquqining musulmon davlatlari milliy huquqiy tizimlaridagi o‘rni, uning umume’tirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari bilan o‘zaro munosabati, diniy-huquqiy qadriyatlar va umuminsoniy huquqiy tamoyillarning uyg‘unligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Ma’ruza jarayonida talabalar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish, huquqiy hodisalarni qiyosiy tahlil qilish hamda nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlar bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Mahorat darsi yakunida islom huquqining zamonaviy huquqiy tizimlar rivojlanishidagi ahamiyati, uning ijtimoiy adolatni ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tadbir talabalarning islom huquqiga oid bilimlarini kengaytirish hamda zamonaviy huquqiy jarayonlarga nisbatan ilmiy-tahliliy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qildi.