JIDUda siyosat, media va biznes sohasida kommunikatsiyalarning o‘rniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda siyosat, media va biznes sohasida kommunikatsiyalarning o‘rniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda siyosat, media va biznes sohasida kommunikatsiyalarning o‘rniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda siyosat, media va biznes sohasida kommunikatsiyalarning o‘rniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori tomonidan universitet bitiruvchilari va uchinchi bosqich talabalari ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbir universitet va bitiruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or kasbiy tajribalarni talabalar bilan bo‘lishish hamda ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

    Uchrashuvning faxriy mehmoni JIDU bitiruvchisi, “BMB Holding” Media markazi rahbari Diyorbek O‘lmasov bo‘ldi.

    “Siyosat, media va biznes: zamonaviy dunyoda kommunikatsiyalarning kuchi” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir davomida siyosat, media va biznesning o‘zaro bog‘liqligi, ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni hamda ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ta’siri muhokama qilindi.

    Shuningdek, davlat va biznes tuzilmalari faoliyatida samarali PR va kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish, raqamli media va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanish tendensiyalari, axborot makonidagi zamonaviy o‘zgarishlar hamda media, diplomatiya va biznes sohalari kesishmasida talabalar uchun mavjud karyera imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

    Diyorbek O‘lmasov o‘zining kasbiy faoliyati va amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, ommaviy axborot vositalari bilan professional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda faoliyat davomida to‘g‘ri kommunikatsiya strategiyasini shakllantirishning muhim jihatlari haqida so‘z yuritdi.

    Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, spiker bilan fikr almashdilar hamda kasbiy rivojlanishga oid amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

    Mazkur tadbir talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, media va kommunikatsiya sohasidagi zamonaviy jarayonlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, shuningdek, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun yangi istiqbollarni belgilashga xizmat qildi.

    Ta’kidlash joizki, JIDU bitiruvchilari bilan bunday uchrashuvlarning muntazam tashkil etilishi universitet va uning bitiruvchilari o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni yosh avlodga yetkazish hamda talabalarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.