
Yuridik klinika talabalari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdi
Yuridik klinika talabalari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinika talabalari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdi.
Volfgang Amadey Motsartning jahon musiqiy klassikasi durdonasi sanalgan «Don Juan» operasini tomosha qilishdi.Mazkur madaniy tashrif Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ajoyib sahna ko‘rinishlari, yuqori mahorat bilan ijro etilgan vokal partiyalar va asarning chuqur falsafiy mazmuni talabalarda unutilmas taassurotlar qoldirdi hamda bo‘lajak huquqshunoslarning madaniy hordiq chiqarishi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
| Sana: | 15.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 14 |
| Ulashish: |



