Uch tilda madaniyatlar muloqoti: JIDU talabalari Divali bayramida ishtirok etdi

Uch tilda madaniyatlar muloqoti: JIDU talabalari Divali bayramida ishtirok etdi

    Uch tilda madaniyatlar muloqoti: JIDU talabalari Divali bayramida ishtirok etdi

    Uch tilda madaniyatlar muloqoti: JIDU talabalari Divali bayramida ishtirok etdi

    2026-yil 14-noyabr kuni Toshkent shahrida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy hind chiroqlar bayrami — Divali munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayramda faxriy mehmonlar, diplomatik korpus, madaniyat markazlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) hindiy tilini o‘rganayotgan talabalari ham faol qatnashdi.

     

    Bayram kechasining e’tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, JIDU talabasi tadbir boshlovchisi sifatida ishtirok etib, bayram dasturini uch tilda — o‘zbek, ingliz va hindiy tillarida olib bordi. Shuningdek, hindiy tili o‘qituvchisi B. M. G‘iyozova rahbarligida universitet talabalari an’anaviy hind raqsini tayyorlab, ijro etdilar. Ushbu chiqish orqali ular hind madaniyatining boy an’analari va o‘ziga xosligini namoyish etib, Divali bayramining ko‘tarinki ruhini tomoshabinlarga yetkazdilar.

    JIDU talabalarining diplomatik vakolatxonalar tomonidan tashkil etilayotgan madaniy tadbirlardagi ishtiroki madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda jahon madaniy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Bunday tashabbuslar BMTning 11-Barqaror rivojlanish maqsadi — “Barqaror shaharlar va aholi punktlari”, xususan, jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish va asrab-avaylashga qaratilgan 11.4-vazifasi bilan hamohangdir.