
JIDUda “Kasaba uyushmasi kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi
JIDUda “Kasaba uyushmasi kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 9-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Kasaba uyushmasi kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Tadbir universitetning “Zakovat” intellektual klubi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O.S.Mannopova ochib berdi. U oʻz nutqida kasaba uyushmalarining jamiyatdagi oʻrni, mehnat jamoalarini birlashtirish va xodimlar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyatiga toʻxtalib, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlarning muhimligini alohida taʼkidladi.
Tadbirda shahar kasaba uyushmasi vakillari mehmon sifatida ishtirok etdilar. Ular tashabbus va tashkilotchilikni yuqori baholab, ishtirokchilarga omad tilashdi.
Intellektual oʻyinda 180 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar tarix, siyosat, xalqaro munosabatlar, adabiyot, sanʼat, fan va umumiy bilim sohalariga oid savollarga javob berib, oʻz bilimi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar. Kasaba uyushmalarining tarixi va faoliyatiga bagʻishlangan maxsus savollar oʻyinga alohida mazmun bagʻishladi.
Bellashuv qizgʻin va doʻstona muhitda oʻtdi. Yakunda gʻolib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar, boshqa ishtirokchilarga esa faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Bunday tadbirlar talabalar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishga xizmat qiladi. Universitetning “Zakovat” klubi kelgusida ham shu kabi intellektual bellashuvlarni muntazam tashkil etishni rejalashtirgan.
| Sana: | 10.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 57 |
| Ulashish: |




