«Xalqaro munosabatlarda nazariyaning zarurati» mavzusida mehmon ma’ruzasi va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

«Xalqaro munosabatlarda nazariyaning zarurati» mavzusida mehmon ma’ruzasi va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    «Xalqaro munosabatlarda nazariyaning zarurati» mavzusida mehmon ma’ruzasi va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    «Xalqaro munosabatlarda nazariyaning zarurati» mavzusida mehmon ma’ruzasi va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) «Xalqaro munosabatlar nazariyasi» fani doirasida «Xalqaro munosabatlarda nazariyaning zarurati» mavzusida mehmon ma’ruzasi va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir Xalqaro munosabatlar kafedrasi o‘qituvchisi Madina Xoliqovaning taklifiga binoan tashkil etildi. Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy ma’ruzachisi sifatida amerikalikshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasidagi tadqiqotchi hamda o‘qituvchi, Gruziyaning Tbilisi shahridagi Webster University bilan akademik faoliyat doirasida bog‘liq bo‘lgan doktor Samin Ustiashvili (Dr. Samin Ustiashvili) ishtirok etdi.

    Doktor Samin Ustiashvili 2016-yilda New Vision Universityda xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2018-yilda Tbilisi davlat universitetida inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha Yevropa tadqiqotlari magistri darajalarini olgan. Shuningdek, 2023-yilda International Black Sea Universityda American Studies yo‘nalishi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan. Uning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari AQSh-Eron munosabatlari, Yaqin Sharq geosiyosati va xavfsizligi, xalqaro huquq hamda tashqi siyosat masalalarini qamrab oladi.

    Ma’ruza davomida spiker talabalarni xalqaro munosabatlarni o‘rganishdagi asosiy nazariy yondashuvlar bilan tanishtirib, ularning asosiy tamoyillari va zamonaviy xalqaro jarayonlarni tushunishdagi ahamiyatini yoritdi. Turli nazariy yondashuvlarning davlatlar xatti-harakatlarini tushuntirish, xalqaro voqealarni tahlil qilish va murakkab siyosiy jarayonlarni anglashdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

    Mahorat darsining amaliy qismida talabalar nazariy tushunchalarni real xalqaro vaziyatlar va jahon siyosatining dolzarb masalalarini tahlil qilishda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalar muhokamada faol ishtirok etib, ma’ruzachiga savollar berdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

    Tadbir talabalarning xalqaro munosabatlarning nazariy asoslari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda nazariyaning ilmiy tadqiqotlar va kasbiy faoliyatdagi amaliy ahamiyatini anglashga xizmat qildi.